Maʼlum qilinishicha, tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar va Bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan «Qora dori-2026» keng qamrovli profilaktik tadbirining birinchi bosqichi doirasida amalga oshirilgan.
Tezkor maʼlumotlarga asosan, Chust tumani «Zarafshon» mahallasi hududida harakatlanayotgan Spark rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Tekshiruv davomida avtomashina salonidan og‘irligi 1,2 kilogramm bo‘lgan «opiy» giyohvandlik moddasi aniqlanib, ashyoiy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchilar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.