Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bu Prezidentning “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholinni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–196-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Qarorga muvofiq, respublika boʻylab yetim bolalar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganlar, shuningdek, Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida halok boʻlgan fidoyilarning farzandlari omonat hisobvaraqlariga 200 AQSH dollaridan mablagʻ oʻtkazib berilishi belgilangan.

Joylarda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini kengaytirish ishlari ham olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyatida 521 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning omonat hisobvaragʻiga ushbu mablagʻlar oʻtkazib berildi.

Qayd etilishicha, mazkur xayriya tadbirlari “Vaqf” xayriya jamoat fondiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilmoqda.