Maʼlum boʻlishicha, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining ikki nafar bosh mutaxassisi oʻzaro til biriktirib, mahalliy tadbirkordan pora talab qilgan.

Ular Yangi Namangan tumanida joylashgan ikki qavatli noturar bino uchun qurilish ruxsatnomasi, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi hamda loyiha hujjatlarini ijobiy hal qilib berish evaziga 22 ming AQSh dollari soʻrashgan. Aytishicha, ushbu mablagʻning 7 ming dollari avvalroq, mart oyida olingan.

Tezkor tadbir davomida mansabdorlaridan biri qolgan 15 ming dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ikkinchi shaxs ham protsessual tartibda qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.