Navoiy viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Navbahor tumanidagi xonadonlarning birida giyohvandlik o‘simliklari yetishtirilganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroning yashash manzili ko‘zdan kechirildi. Natijada xonadon tomorqasida ekib parvarish qilinayotgan 616 tup 50-100 sm o‘lchamdagi ko‘knor hamda 2 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi borligi ma’lum bo‘ldi.