Navoiy viloyati Konimex tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IBB.

Hodisa 2-may kuni soat 07:20 atrofida A379 Navoiy-Uchquduq xalqaro avtomobil yo‘lining 142−143 kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan.

Haydovchi N.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 3 avtomobili Zarafshon-Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, tezlikni oshirishi sababli yo‘lning xavfli burilish joyida boshqaruvni yo‘qotgan.

So‘ngra qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, fuqaro M.A. boshqaruvida bo‘lgan Ssania 114L yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia 3 haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqea tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.