Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimiga uzoq tayyorgarlik koʻrildi, ilgʻor tajribalar oʻrganildi. Tizim kelasi yil 1-iyuldan yoʻlga qoʻyiladi.

Dastlabki bosqichda davlat roʻyxatidan oʻtish ixtiyoriy boʻladi. 2030-yildan esa bu tartib majburiy tus oladi.

Roʻyxatdan oʻtgan shifokor va farmatsevtlarning ish haqiga 7 million soʻmdan, hamshiralarga 3,5 million soʻmdan ustama toʻlanadi.

Mutasaddilarga sohada taʼlim sifati, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash topshirildi.