Viloyat hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Prezidentning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida ilgari surilgan qardoshlik, mehr-oqibat va quda-andachilik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar hayotda oʻz ifodasini topmoqda.
Jumladan, Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi Shahriyor Abdullayev Nukus shahrida istiqomat qiluvchi Asel Sherbekova bilan turmush qurdi.
"Ushbu nikoh Surxondaryo va Qoraqalpogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, qardoshlik va qudachilik aloqalarining yana bir ifodasi boʻldi", deyiladi hokimlik xabarida.