Ularda oʻquvchilar uchun zarur oʻquv-yozuv qurollari, darsliklar va boshqa oʻquv anjomlarini xarid qilish mumkin.

“Maktab bozorlari” shaharning qator dehqon bozorlari va savdo majmualarida tashkil etilgan. Jumladan, ular “Aviasozlar”, “Askiya”, “Chilonzor”, “Mirobod”, “Navroʻz”, “Sergeli”, “Farhod”, “Eski Joʻva”, “Yunusobod”, “Qoraqamish” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, “Chilonzor buyum savdo majmuasi”, “Chorsu buyum savdo majmuasi” va “Oʻrikzor” savdo majmuasida ham “Maktab bozorlari” tashkil etilgan.

“Maktab bozorlari”ning joylashuv manzillari:

Bozor yoki savdo majmuasi

Joylashuvi

Aviasozlar dehqon bozori

Avtoturargoh hududidagi maydonlarda

Askiya dehqon bozori

Shota Rustaveli koʻchasi tomonidan kirish qismi oʻng tomonida va orqa kirish qismida

Chilonzor dehqon bozori

Bunyodkor va Farhod koʻchalari kesishuvi, avtoturargohda

Mirobod dehqon bozori

Avliyoota koʻchasi, bozorga kirish qismida

Navroʻz dehqon bozori

Asosiy bozor hududida

Sergeli dehqon bozori

Sergeli-6, Sergeli-7, Sergeli-2, Sergeli-4 mavzelari va Sergeli-1 shoxobchasi, Qoʻyliq-5 mavzesi atrofida

Farhod dehqon bozori

Farhod koʻchasi, 30-uy, asosiy kirish darvozasi yoni va Farhod koʻchasi–G9a hududida

Eski Joʻva dehqon bozori

Bozor hududida, TIM-1, TIM-2 va ochiq metro atrofida

Yunusobod dehqon bozori

Bozor hududida

Qoraqamish dehqon bozori

Tansiqboyev shoxobchasida

Qoʻyliq dehqon bozori

Bozor hududidagi boʻsh maydonlarda

Chilonzor buyum savdo majmuasi

Savdo majmuasi hududida

Chorsu buyum savdo majmuasi

Asosiy kirish qismi va DM-74 atrofida

Oʻrikzor savdo majmuasi

Asosiy kirish darvozasining chap tomonida