Xususan, Prezidentning “Gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–163-son, 01.05.2026 y.) bilan sohani kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi.

Qarorga koʻra, “Oʻzbekgidroenergo” AJ faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

  • 2026 yil yakuniga qadar 114 MVt ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish va 7,1 milliard kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish;

2032 yil yakuniga qadar respublikada:

  • umumiy quvvati 1 400 MVt boʻlgan gidrotoplash elektr stansiyalarini qurish;
  • gidroenergetika sohasida 3 266 MVt qoʻshimcha quvvatlarni yaratish orqali gidroenergetika quvvatlarini 2,4 baravarga oshirish.

“Oʻzbekgidroenergo” AJni barqaror rivojlantirish va investitsiya loyihalarini jadallashtirish maqsadida:

  • investitsiya loyihalari hududlariga olib boruvchi yoʻl, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa infratuzilma obyektlari qurilishini bir bosqichli loyihalashtirish (ishchi loyiha) asosida “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobidan xarid tartib-taomiliga asosan pudrat tashkilotlarini aniqlagan holda amalga oshirishga;
  • infratuzilmasi mavjud boʻlmagan istiqbolli hududlarda loyiha-qidiruv ishlarini sifatli amalga oshirish uchun “Gidroproekt” AJ va “Oʻzsuvloyiha” AJga uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish va ulardan foydalanishga;
  • “Oʻzbekgidroenergo” AJ va uning tizim tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan davlat xaridlarida “Oʻzbekgidroenergo” AJ tizimidagi tashkilotlarning ishtirok etishiga ruxsat berilishi belgilandi.