Ushbu tadbir sog‘liqni saqlash tizimida preventiv yondashuvlar bo‘yicha muhokamalarni yangi bosqichga olib chiqib, respublikani Markaziy Osiyoda bu yo‘nalishning keyingi rivoji uchun muhim platforma sifatida namoyon etdi.
“Soyuz PREVENTMED” platformasi
hamda sog‘liq va go‘zallik uchun innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
xalqaro kompaniya Siberian Wellness
ko‘magida tashkil etilgan keng ko‘lamli forum bir sahnada yetakchi olimlar,
amaliyotchi shifokorlar va biznes vakillarini jamladi. Spikerlar orasidan
preventiv va integrativ tibbiyot sohasining yetakchi mutaxassislari ham joy
olgan edi, jumladan:
— Andrey Gostriy, PreventAge®
Integrativ preventiv va anti-age tibbiyot instituti asoschisi va rahbari,
Amerika anti-age tibbiyot akademiyasining sertifikatlangan a’zosi;
— Gleb Kuzminov, tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt, reabilitolog, anti-age va
tiklovchi tibbiyot mutaxassisi, Amerika anti-age tibbiyot akademiyasi va
PreventAge® assotsiatsiyasi a’zosi;
— Anna Proxorova, tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali nevrolog, miya
faoliyatini samarali tashkil etish va insonning kognitiv imkoniyatlarini
rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis;
— Nadira Akilova, preventiv, integrativ va funksional tibbiyot shifokori,
Anti-Age terapiya va sog‘lom uzoq umr ko‘rish bo‘yicha mutaxassis, oftalmolog.
O‘zbekistonda “PreventAge” xalqaro instituti rasmiy vakili.
Forumning asosiy maqsadi — insonning jismoniy va ruhiy holati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tizimli ravishda tushuntirish, e’tiborni kasalliklarni davolashdan ularni oldini olishga qaratishdan iborat bo‘ldi.
Tarqoq
bilimlardan yagona tizimga
“Мозг 360”
forumining markaziy mavzusi zamonaviy muammolar: surunkali stress, uyqu
yetishmasligi va axborot yuklamasi sharoitida miya faoliyati va uning kognitiv
funksiyalarini o‘rganish bo‘ldi. Mutaxassislar muammolarni shunchaki tilga
olibgina qolmay, balki amaliy yechimlar ham taklif etdilar. Ular ilmiy
yondashuv va profilaktika inson hayoti sifati va samaradorligini qanday tubdan
oshirishi mumkinligini ko‘rsatib berdilar.
Panel muhokamalari va ochiq
muloqotlar davomida quyidagi masalalar atroflicha tahlil qilindi:
• uyquning tiklanish va kognitiv qobiliyatlarga ta’siri;
• stressning gormonal va immun tizimlarga salbiy oqibatlari;
• jismoniy salomatlik bilan hissiy va resurs holati o‘rtasidagi bog‘liqlik;
• organizmga g‘amxo‘rlik orqali yetakchilik salohiyatini saqlab qolish
yondashuvlari.
Shu tariqa forum sog‘lom
turmush tarzini alohida odatlar yig‘indisi emas, balki boshqariladigan yagona
tizim sifatida talqin etdi. Bu esa butun jamiyatda salomatlik madaniyatini
shakllantirish nuqtayi nazaridan, ayniqsa, muhimdir.
Preventiv
tibbiyot mutaxassislari uchun ilk mukofot
Forum doirasidagi muhim
voqeliklardan biri — Central Asia Preventive Medicine Award mukofotining ilk
bor topshirilishi bo‘ldi. Ushbu mukofot mintaqada ilmiy asoslangan profilaktika
tamoyillarini joriy etayotgan mutaxassislarning hissasini e’tirof etish
maqsadida ta’sis etilgan. Mazkur tashabbus professional hamjamiyatni
shakllantirish, ekspert muhitini rivojlantirish va Markaziy Osiyoda preventiv
tibbiyot nufuzini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Butun
mintaqa uchun yangi bosqich
O‘zbekiston uchun “Мозг 360”
shunchaki tadbir emas, balki rivojlanish nuqtasiga aylandi: mamlakat xalqaro
professional muloqot markazi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi.
Bunday platformalarning paydo bo‘lishi respublika ichida sog‘lom turmush
madaniyatining rivojlanishiga xizmat qiladi, mahalliy mutaxassislarga esa yangi
tajriba va nufuz olib keladi.
Mintaqaviy darajada esa forum
turli mamlakat mutaxassislarini yagona kun tartibi atrofida birlashtirib, muhim
integratsion rol o‘ynadi. Bu Markaziy Osiyoning xalqaro tibbiy hamjamiyatdagi
o‘rnini mustahkamlab, davolash tizimidan sog‘liqni muhofaza qilish tizimiga
o‘tish global trendiga moslashuvni tezlashtiradi.
Tashkilotchilar bunday miqyosdagi forumlarni har yili o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Rejalarga ko‘ra, tadbir ko‘lami ikki baravar kengaytiriladi, ishtirokchilar geografiyasi oshiriladi hamda Central Asia Preventive Medicine Award mukofoti topshirish marosimi an’anaga aylantiriladi. Bu esa O‘zbekiston ilm-fan, tibbiyot amaliyoti va sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy platforma sifatidagi o‘z mavqeyini yanada mustahkamlashda davom etishini anglatadi.
Telefon: (+998) 78−113−87−67.
Sayt: uz.siberianhealth.com
Facebook: fb.com/siberianwellnessuzbekistan
Instagram: @siberian.uz
Telegram: t.me/swuzbekistan
Siberian Wellness matbuot xizmati.
Реклама.