Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Furqat tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda jamiyatning tuman boʻlimi xodimi X.T.ga oid holat aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, X.T. “A.P.” MCHJga nisbatan ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan oʻrganish dalolatnomasini rasmiylashtirgan. U “A.P.” MCHJ hududidagi sexda 8,4 mln soʻmlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanilgani haqida dalolatnoma tuzilganini maʼlum qilib, J.M.dan 2 mln soʻm bersa, hujjatni yoʻq qilib berishini vaʼda qilgan.
Tekshiruvga koʻra, X.T. 2 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Keyinchalik ushbu mablagʻning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.