Şanba va yakşanba kunlari keçasi havo harorati 0–5 daraja iliq, kunduzi esa asta-sekin kötarilib, 10–15 daraja iliqni taşkil etadi.
Ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin. Şarqdan esadigan şamol tezligi 7–12 m/s böladi. 13-noyabr kuni janubiy hududlarning baʼzi joylarida şamol tezligi 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin.
13-noyabr kuni Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida ayrim joylarda yomğir va qor yoğadi. Baʼzi hududlarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin.
Poytaxtda 13-noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. 14–15-noyabr kunlari esa yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin.
Şarqdan esadigan şamol tezligi 3–8 m/s böladi.
Havo harorati keçalari 2–4 daraja iliqni taşkil etadi. Kunduzi 13-noyabr kuni 7–9 daraja, 14–15-noyabr kunlari esa 13–15 daraja iliq bölişi kutilmoqda.