Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 3 oktyabr kuni soat 21:49 da Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga shahardagi bozorda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni o‘chirishga kirishgan.
Yong‘in soat 23:45 da qurshab olingan va 4 oktyabr kuni soat 00:12 da to‘liq bartaraf etilgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan.