Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, haydovchi davlat raqam belgilari­ni yechib, avtomobil saloniga joylashtirgan holda harakatlangan.

Tezlik 60 km/soat etib belgilangan aholi yashash joyida u avtomobilni 201 km/soat tezlikda boshqargan. Haydovchining yonidagi yo‘lovchi esa bu holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Olib borgan surishtiruv ishlari natijasida qoidabuzar haydovchi va avtomobil aniqlandi.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128³-moddasi 4-qismi hamda 125-moddasi 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Haydovchi o‘z qilmisini tan olib, bunday holatni boshqa takrorlamasligini bildirgan. Shuningdek, boshqalarni ham bunday qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.

Ma’lumot uchun, belgilangan tezlikni oshirganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha, davlat raqam belgilari­siz transport vositasini boshqarganlik uchun esa 5 baravari miqdorida jarima qo‘llanishi mumkin.