Bugun 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.
– Boshqa sohada yosh xodim xato qilishi mumkin, ammo boʻlgʻusi shifokorning bunga haqqi yoʻq. Chunki tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi, – dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bogʻlanadi. Kelasi yildan talabalar haftada uch kun bemor bilan ishlashni oʻrganadi, bitiruvchilar esa oxirgi oʻquv yilida toʻliq tibbiyot muassasasida amaliyot oʻtaydi.
Bakalavriatni bitirgan hamshira va tibbiyot ogʻasiga 1,5 million soʻm, magistraturani tugatganlarga 2,5 million soʻm qoʻshimcha ustama toʻlanadi. Oilaviy shifokorlik boʻyicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million soʻm boʻladi.