Bu haqda Prezidentning PF–175-son Farmonida nazarda tutilgan.
Hujjat bilan tadbirkorlarning sud xarajatlarini kamaytirish va ularning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qator o‘zgarishlar belgilanyapti.
Jumladan:
- Sudga murojaat qilib, keyin voz kechilsa — bojning 50 foizi qaytariladi.
Tadbirkor da’vo, ariza yoki shikoyatdan voz kechsa va ish yuritish tugatilsa, to‘langan davlat bojining yarmi qaytariladi.
- Nomulkiy talablar uchun davlat boji qat’iy summada belgilanadi.
Fuqarolik sudlariga nomulkiy talab bilan murojaat qilishda davlat bojini aniq va qat’iy summada belgilash taklif etilmoqda.
- Davlat organlari uchun ham davlat boji joriy etiladi.
Agar birinchi instansiya sudi qarorni tadbirkor foydasiga chiqarsa, davlat yoki nazorat organi ushbu qaror ustidan yuqori turuvchi sud instansiyasiga shikoyat qilganda davlat boji to‘laydi.
Mazkur o‘zgarishlar davlat organlarining sud qarorlari ustidan shikoyat qilishdagi mas’uliyatini oshirish hamda tadbirkorlarni ortiqcha sud xarajatlaridan himoya qilishga qaratilgan.