Tanlovdan nogironligi bölgan şaxslarning hayot sifatini yaxşilaşga qaratilgan samarali ijtimoiy loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ommalaştiriş maqsad qilingan.

Unda nogironligi bölgan şaxslar iştirok etişi mumkin.

Tanlovda qatnaşiş uçun quyidagi hujjatlar taqdim etilişi lozim:

  • belgilangan şakldagi ariza;
  • amalga oşirilgan loyihaning batafsil taqdimoti;
  • loyiha natijalarini tasdiqlovçi şartnomalar, foto va videomateriallar, tadbir hujjatlari yoki sertifikatlar.

Hujjatlar 2026-yil 5-noyabrdan 19-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Tanlov ğoliblari quyidagiça taqdirlanadi:

  • 1-örin — bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravari;
  • 2-örin — bazaviy hisoblaş miqdorining 70 baravari;
  • 3-örin — bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari.

Tanlovda iştirok etiş uçun hujjatlar loyiha@ihma.uz elektron manziliga yuborilişi kerak.

Qöşimça maʼlumotni 71 239-59-24 telefon raqami orqali oliş mumkin.

Tanlov haqidagi batafsil maʼlumot va ariza şakli bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining rasmiy sayti orqali tanişiş mumkin.