“Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–69-son, 27.04.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, bolalarning jismoniy-aqliy rivojlanishida kuzatiladigan nuqsonlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida kompleks ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish maqsadida 2026 yil 1 iyungacha bosqichma-bosqich “Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
“Erta aralashuv” xizmati doirasida:
nogironlik belgilangan yoki jismoniy-aqliy rivojlanishida nuqsonlari mavjud 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Agentlik) tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi;
bolalarga maxsus pedagoglar tomonidan korreksion (rivojlantiruvchi) pedagogik yordam ko‘rsatiladi hamda davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari tomonidan kompleks rivojlantiruvchi reabilitatsion mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.