Davlatimiz rahbari uchrashuv avvalida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik barcha yoʻnalishlarda izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Muloqot davomida qayta tiklanuvchi energetika, geologiya va togʻ-kon sanoati, infratuzilma, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil etish va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakatimizda yangi elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish, geologiya yoʻnalishidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.