Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quyichirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Oydinobod” MFY hokim yordamchisi Sh.G. fuqarolar mazkur mahallada yashamasa-da, ularni bankka taqdim etilgan tavsiyanomada “Oydinobod” MFY hududida yashovchilar sifatida ko‘rsatgani aniqlangan.

Shundan so‘ng ushbu fuqarolarga jami 130,2 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilgan va mablag‘lar hokim yordamchisi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.