Bunday yuqori natijalarga «turistik relokatsiya» ham katta ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Chunki millionlab turistlar tinch, xavfsiz va sinalgan yo‘nalishlarni qidirmoqda.

Shuncha tarixiy obidalarimiz bor bo‘lgan, dunyoda o‘xshashi yo‘q turistik maskanlar barpo etilayotgan paytda soha mutasaddilari, hokimlar har bir sayyoh uchun kurashishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Hozirdan har bir tumanning turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha kompleks takliflar to‘plamini tayyorlash topshirildi.

Umuman, bugungi sharoitda barcha rahbarlar xatarlarni 2-3 xil stsenariy bo‘yicha oldindan baholab, asosiy rejalariga qo‘shimcha zaxira rejalarini ham tayyorlab qo‘yishi shartligi qayd etildi.

Viloyat, tuman hokimlari ishni mutlaqo yangicha tashkil qilishi: uch kunda yoniga «aql markazi», oliygoh professorlari, startapchi yoshlarni olib, mehnat unumdorligi, tannarx, energiya samaradorlik, ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ustida qattiq izlanadi, bir haftada bu yil qanday nostandart o‘zgarish qilishini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazishi belgilandi.