Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. fuqaro E.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Qarshi shahridagi “Iqtisodiyot va pedagogika” nodavlat universitetining “Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishiga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.S. fuqaro E.A.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Firibgarlarning biri biratoʻla 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, 900 AQSH dollari talab qilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning davra suhbatida ishtirok etdi
- Naqd chet el valyutasini pasportsiz sotib olish limiti oshirilishi mumkin
- Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari sanʼat ustalarining qoʻshma konsertida ishtirok etdilar
- Toshkentda marafon sabab qator koʻchalarda harakat cheklanadi
- Prezidentlar Tojikiston elchixonasining yangi binosini ochdilar
- Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari samarali muzokaralar natijalarini sarhisob qildilar
2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- Yangi Oʻzbekistonni ayollari baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish – eng ulugʻ maqsad
- IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
- Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
- Hayit namozining Oʻzbekiston boʻylab oʻqilishi vaqtlari eʼlon qilindi
- Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida