Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) maʼlum qilişiça, musobaqani taşkil etiş qömitasi, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi va mahalliy taşkiliy qömita bilan ötkazilgan muzokaralardan söng şunday qaror qabul qilingan.
Dastlab turnir 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan edi.
Musobaqa sanalarining özgartirilişiga mintaqadagi vaziyat bilan boğliq favqulodda holatlar, jumladan, logistikadagi jiddiy murakkabliklar va safarlardagi uzilişlar sabab bölgan.
AFC taʼkidlaşiça, musobaqani dastlab belgilangan muddatlarda taşkil etiş va ötkaziş uçun favqulodda şaroitlar yuzaga kelgan. Şu bois turnirni köçiriş iştirokçi jamoalar, rasmiylar, tomoşabinlar va boşqa manfaatdor tomonlar uçun maqbul qaror hisoblanadi.
Turnirning yangi sanalarini FIFA tasdiqlaşi kerak.
AFC Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi va mahalliy taşkiliy qömitaning Osiyo futbolçilari va muxlislari uçun yuqori darajadagi musobaqa ötkaziş borasidagi saʼy-harakatlarini eʼtirof etdi.
Konfederatsiya musobaqani taşkil etişda iştirokçi mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari, homiylar, translyatsiya va tijorat hamkorlari bilan yaqin hamkorlikni davom ettirişini bildirdi.
Musobaqa böyiça qöşimça maʼlumotlar AFCning rasmiy kanallari orqali eʼlon qilinadi.