Xususan, quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 3,8 mlrd kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 2,2 mlrd kVt⋅soat, jami 6 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan 24 kun avval, 8-iyun kuni quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 5 mlrd kVt⋅soatni tashkil qilgan edi.
Ma’lumot uchun: 2026-yil boshidan quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 1,2 mlrd kVt·soat yoki 24,3 foizga ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
1,6 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
atmosferaga 3,4 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi.
Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 2-iyul kuni holatiga O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 10,1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
2,6 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
atmosferaga 5,7 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi.
Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 8,2 mln xonadonning 6 oylik yoki 4,1 mln xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.