Penta Hospitals International — Markaziy Yevropadagi eng yirik xususiy tibbiyot tarmog‘i bo‘lib, 150 dan ortiq shifoxona va 100 ga yaqin tibbiy parvarish muassasasini boshqaradi.
Kompaniya tizimida 25 minga yaqin xodim faoliyat yuritadi. Shuningdek, Penta yaqinda Bratislava shahrida ham 1 400 nafar xodimga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali shifoxona barpo etdi.
Yangi loyiha doirasida Penta Hospitals International uchun O‘zbekistonda shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash tizimi yaratiladi.
Globogate bilan amalga oshirilayotgan dastur doirasida qariyb 600 nafar o‘zbekistonlik hamshira Germaniyada ish bilan ta’minlangan. Endi mazkur hamkorlikni birinchi bosqichda - Chexiya, Slovakiya va Polsha keyinchalik, Estoniya, Latviya, Litvaga kengaytirish rejalashtirilmoqda.