Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qilishicha, hodisa 3 aprel kuni soat 13:45 da “Oq oltin” MFY hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida sodir boʻlgan.
"MAN" rusumli gaz tashuvchi avtomobildan sigʻimga gaz quyish jarayonida texnologik qoidalar buzilishi oqibatida gaz sizib chiqishi yuzaga kelgan.
Qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga soat 14:02 da yetib borib, soat 15:03 ga kelib sizib chiqishni toʻliq bartaraf etgan.
Qayd etilishicha, qutqaruvchilarning tezkor va professional harakatlari tufayli ehtimoliy yirik portlash va yongʻinning oldi olingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.