Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur subsidiya Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 19 fevraldagi 69-son qaroriga muvofiq ajratiladi. Unga ko‘ra, davlat byudjeti hisobidan ipoteka krediti uchun boshlang‘ich badalning 25 foizi qoplab beriladi.
Subsidiya olish uchun talablar:
— ariza beruvchi belgilangan ijtimoiy mezonlarga javob berishi;
— kamida 15 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;
— oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi;
— ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida 2 tadan ortiq uy-joy bo‘lmasligi;
— kredit tarixi ishtirok etuvchi banklar talablariga mos bo‘lishi.
Ariza topshirish usullari:
— Davlat xizmatlari markazlari orqali;
— MyGov mobil ilovasi orqali;
— my.gov.uz portali orqali onlayn.
Muhim:
Ariza berish jarayonida OneID tizimi orqali tijorat banklariga kredit tarixiingizni tekshirish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi shart. Aks holda ariza rad etilishi mumkin.