16-may kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan A-373a “Toshkent-O‘sh.” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida 1983-yilda tug‘ilgan haydovchi "Scania" rusumli yuk transport vositasini (50 8548 BA raqami bilan ro‘yhatdan o‘tgan tirkama qo‘shilgan) boshqarib ketayotgan vaqtida tirkama yukxonasida bo‘lgan yukda (konditsioner) yongin kelib chiqqan va avtoulovga ulangan tirkama to‘liq yonib ketgan.

Ushbu yong‘in natijasida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Yuk avtomobili tirkamadan ajratib olinganligi sababli shikastlanmagan.

Hozirda xolat yuzasidan Piskent tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.