O‘zenergoinspeksiya tomonidan Qarshi shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirida “D.” MChJga qarashli mehmonxonada tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 437 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.