“Oʻzbekneftgaz” matbuot kotibining maʼlum qilishicha, izlov-burgʻilash ishlari «Oʻzneft burgʻilash ishlari» MCHJ tomonidan joriy yil 5 avgust kuni boshlangan. Quduq qisqa muddatda 3159 metr chuqurlikkacha burgʻilangan.

«Oʻzbekgeofizika» AJ mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan sinovlarda quduqning 2842–3001 metr oraligʻidagi karbonat yotqiziqlaridan sanoat miqyosida tabiiy gaz va kondensat oqimi olingan.

Ayni paytda quduqdagi mahsuldor qatlamlarning kollektorlilik xususiyatlarini aniqlash va ularning imkoniyatlarini baholash boʻyicha geologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu ishlar konning istiqbollarini chuqurroq oʻrganish va keyingi bosqichlarni belgilashga qaratilgan.

Sinov ishlari yakunlangach, tabiiy gaz 15 oktabrdan boshlab isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun qayta ishlashga yuborilishi belgilangan.

Shuningdek, yil yakuniga qadar ushbu kondа ikkinchi izlov qudugʻini burgʻilash rejalashtirilgan. Bu maydonning geologik tuzilishi va uglevodorod salohiyatini yanada kengroq oʻrganish imkonini beradi.