Yil yakunigaça Ğuzor, Şörtan, Muborak, Dehqonobod va Nişonda oltita sanoat klasteri taşkil etiş, Şörtan, Muborak, Yakkaboğ va Kosonda “Qaşqadaryo” erkin iqtisodiy zonasi filiallarini oçiş vazifasi qöyildi. Infratuzilma uçun dastlab 250 milliard söm yönaltiriladi.

Şuningdek, Xitoyning “FM World” korxonasida yiğilayotgan zamonaviy traktor va qişloq xöjaligi texnikalarini mahalliylaştiriş, mazkur korxonada agrodronlar işlab çiqariş loyihalarini boşlaş belgilandi.

Prezidentimiz ötgan hafta energetika sohasidagi yirik investorlarning taşabbuslarini birma-bir eşitganini qayd etdi. “Masdar” kompaniyasi kelasi yil Qaşqadaryoda 300 megavattli quyoş elektr stansiyasi va 75 megavattli energiya saqlaş quvvatini işga tuşiradi. Uşbu loyiha qiymati 250 million dollar.

Qarşi tumanida xitoylik hamkor iştirokida çiqindidan elektr energiyasi oliş böyiça 45 megavattli loyiha yakunlanmoqda. Elektr tarmoqlarini mustahkamlaş uçun Nişon va Kökdalada ikkita yirik podstansiya qurilişiga 70 million dollar jalb qilinadi. Ularni kelasi yil işga tuşiriş vazifasi qöyildi.

Tolimarjon – Söğdiyona yönalişidagi 245 kilometr yangi elektr tarmoğiga 150 million dollar ajratilgan. Mutasaddilarga uşbu loyihani kelasi yil yakunlaş topşirildi.