Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in soat 14:55 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana 5 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, portlash va yong‘in natijasida 4 ta avtomobil hamda yer ostida joylashgan 2 ta yoqilgi saqlash rezervuariga zarar yetgan.

Prezident topshirig‘iga binoan, Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Komissiyaga jabrlanganlarga amaliy yordam ko‘rsatish, portlash oqibatlarini bartaraf etish, hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish choralarini ishlab chiqish vazifalari yuklatilgan.