Ma’lum qilinishiсha, tahlillar davomida:

  • Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan umumiy qiymati 9,1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 6 ta;
  • Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan qarib 8 milliard so‘mlik 6 ta;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan 6,7 milliard so‘mga yaqin qiymatdagi 10 ta tanlov savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga rioya qilinmagan.

Xususan, savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangani qayd etildi.

Shu munosabat bilan Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishlarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarni takrorlamaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Raqobat qo‘mitasi xabarida ta’kidlanishicha, buyurtmachi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari belgilanib, tegishli materiallar sud organlariga yuborildi.