“Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan oʻtkazayapman”, - dedi davlatimiz rahbari.
Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol koʻrsatib qoʻygani taʼkidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.
Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʻyicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora koʻrilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qatʼiy eʼtiroz bildirildi.
Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun bugun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev lavozimidan ozod etildi.
Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini oʻrganish topshirildi.
"Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi F.Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.
Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B.Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror oʻrinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.
Qishga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun ayrim rahbarlar lavozimidan ozod etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boshlandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi kontent asar hisoblanadimi?
- Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
- Umarjon Egamberdiyev energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
- Prezident qarori bilan Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
- Fransiyada Ebola virusi bilan kasallanishning ilk holati tasdiqlandi
- Sug‘urta xizmatlari bozori yanada rivojlantiriladi
Reuters: Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi
- Onkologiya xizmati va palliativ yordam tizimi takomillashtiriladi
- Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish choralari koʻrib chiqildi
- Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrib chiqildi