O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Xitoyga amaliy tashrifi doirasida Pekin shahrida Xitoy bosh vaziri Li Qian bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar keyingi yillarda O‘zbekistonXitoy munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etib, yuqori darajadagi muloqotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqanini ta’kidladi.

Abdulla Aripov O‘zbekiston Xitoyni ishonchli va uzoQ muddatli strategik sherik sifatida baholashini bildirdi. U mamlakat «yagona Xitoy» tamoyilini qo‘llab-quvvatlashini ham tasdiqladi.

Muzokaralarda savdo, investitsiya, energetika, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi loyihalarda faol ishtirok etish, o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish va ko‘p tomonlama muvofiqlashuvni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muloqotlarni davom ettirish, barqaror taraqqiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi.