Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 19-sentyabrda Nukus shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishida ham
ana shu maqsadlar yo‘lidagi muhim vazifalar belgilab berildi. Ayniqsa, investitsiyalarni
jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va
aholi daromadlarini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Hududda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar iqtisodiy
faollikni kuchaytirib, odamlar uchun mehnat qilish va o‘z salohiyatini namoyon
etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Shu bilan birga, energetika, sanoat va
xizmat ko‘rsatish sohalaridagi yangilanishlar Qoraqalpog‘istonning kelgusi
taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda. Chunki taraqqiyotning mazmuni
faqat yangi binolar yoki ishlab chiqarish quvvatlarida emas. Buning asosiy ma’nosi - inson hayoti yaxshilanishi, oilalar daromadi
oshishi va har bir fuqaro uchun yangi imkoniyatlar yaratilishidir.
Bugun Qoraqalpog‘istonda boshlanayotgan yangi ishlar
ertangi kunga qaratilgan yutuqlar mahsuli deb bilamiz. Bu jarayonning har bir natijasi
hududning yanada obod, aholining esa yanada farovon hayot kechirishiga xizmat
qiladi.
Bibixon UTAMBeTOVA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
deputati,
O‘zXDP
fraksiyasi a’zosi.