Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchi Sh.T. va gumonlanuvchilar Jo‘rayeva Zilola Muhammadovna hamda G‘afurov Karimjon Vohidjonovich o‘rtasida 2026 yil fevralmart oylarida qarz munosabatlari yuzaga kelgan.

Surishtiruv jarayonida gumonlanuvchilar 2025 yil dekabr oyidan boshlab jabrlanuvchiga 90 ming AQSh dollari bergani, biroq unga yuqori foiz hisoblab, 842 ming AQSh dollarini qaytarishni talab qilgani aniqlangan. Ular sovuql qurol bilan qo‘rqitish orqali jabrlanuvchidan muntazam ravishda pul undirib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, agar ushbu shaxslardan jabrlangan boshqa fuqarolar bo‘lsa, yaqindagi ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali murojaat qilishni so‘ramoqda.