Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 may kuni soat 16:00 da voyaga yetmagan Z.A. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Malibu 2” rusumli avtomashinani Qo‘qon shahar A.Temur ko‘chasida boshqarib ketayotib, piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2016-yilda tug‘ilgan 3 nafar voyaga yetmagan qizlarni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada voyaga yetmagan M.K. olgan tan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan Z.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.