Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.G‘. va X.S. o‘zaro til biriktirib, fuqaro V.E.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 32 sotix yer maydonini turar-joy sifatida rasmiylashtirib berishlarini va’da qilib, V.E.ga soxta kadastr yig‘ma jildi tayyorlab berib, 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruvda ushbu pullardan 2 400 AQSh dollari va 7,2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.