Bolalar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali poytaxtga yetib keldi. Ular dastlab Toshkent shahar IIBB huzuridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilib, zarur tibbiy va ijtimoiy yordam bilan taʼminlandi.
Maʼlum qilinishicha, tezkor muvofiqlashtirish ishlari natijasida, oilaga joylashtirish ustuvorligi asosida 3 nafar bola oʻsha kunning oʻzida oʻz oilalariga topshirildi.
Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon Rossiya hududidan jami 40 nafar voyaga yetmagan bola Vatanga qaytarilib, oʻz oilalariga yetkazilgan.