Aniqlanishicha, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xodimlari muzlatgichning tarmoqqa ulanishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvda da’vo muddatini noto‘g‘ri hisoblab, 3 barobar oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llagan holda tadbirkorga 425 mln so‘m qarzdorlik belgilagan.

Biznes-ombudsman devoni tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mazkur hisob-kitob amaldagi qoidalarning 139-bandiga zid ekani ma’lum bo‘ldi. Tadbirkorning haqiqiy faoliyat davri va amaldagi tariflar asosida qayta hisob-kitob qilinganda, qarzdorlik 11,4 mln so‘mni tashkil etishi aniqlandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida asossiz hisoblangan 413 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik bekor qilinib, tadbirkorning qonuniy huquqlari tiklandi.