Joriy yilning 18-may kuni soat 17:42 da Samarqand shahri, Universitet ko‘chasida harakatlanib ketayotgan "Jentra" rusumli avtomobil ustiga shamol ta’sirida daraxt shoxlari tushganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, avtomobil ustiga tushgan daraxt shoxlarini bartaraf etish hamda hududni xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatgan.