Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xabar berdi.
Aniqlanishicha, “Q.S.” MCHJga qarashli xususiy klinikada tegishli ruxsatnomasiz ichimlik suvi va oqova suv tarmogʻiga noqonuniy ulanиш holati bo‘yicha hisoblangan 147 million so‘m zararni “yo‘q qilib berish” evaziga inspektor 2 200 AQSh dollari talab qilgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mablag‘lar fuqaro F.I. tomonidan inspektor M.A.ning topshirigʻiga asosan tadbirkordan olinayotgan vaqtda ashyoiy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 214-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 28 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.