Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda muhim va jiddiy masalalar muhokama qilingan.

“Biz giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish milliy tizimini izchil takomillashtirishib bormoqdamiz, bu borada xalqaro ekspertlarning xulosasi biz uchun katta ahamiyatga ega”, dedi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, muloqotda tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish, soha mutaxassislarini tayyorlash mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv davomida Qoʻmita missiyasining Oʻzbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham koʻrib chiqildi.