Institut mutaxassislarining fikriga ko‘ra, bu xarajatlar AQShda kamaygan, ammo Yevropada 14 foizga va Osiyo va Okeaniyada 8,1 foizga oshgan. Harbiy xarajatlari eng ko‘p uchta davlat – AQSh, Xitoy va Rossiya – jami 1,480 trillion dollar yoki global umumiy mablag‘ning 51 foiziini sarflagan.
Harbiy xarajatlar ketma-ket 11 yil davomida oshdi. Uning YAIMdagi ulushi 2,5 foizga yetdi, bu 2009-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Institut mutaxassislarining ta’kidlashicha, yillik 2,9 foiz o‘sish sur’ati 2024-yildagi 9,7 foizdan sezilarli darajada past bo‘lsa-da, bu pasayish asosan AQShdagi xarajatlarning kamayishi bilan bog‘liq. AQShdan tashqarida umumiy xarajatlar 2025-yilda 9,2 foizga oshdi. 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yirik beshta davlat AQSh, Xitoy, Rossiya, Germaniya va Hindiston bo‘lib, ular birgalikda global harbiy xarajatlarning 58 foizni tashkil etdi, deb xabar berdi tass.ru.
“Global harbiy xarajatlar 2025-yilda yana oshdi, chunki davlatlar yana bir yil urushlar, noaniqlik va geosiyosiy o‘zgarishlarga keng ko‘lamli qurol-yarog‘ ishlab chiqarish dasturlari bilan javob berishdi”, deb izoh berdi SIPRIning harbiy xarajatlari va qurol-yarog‘ ishlab chiqarish dasturi tadqiqotchisi Syao Lyan. “Hozirgi inqirozlarning ko‘lamini, shuningdek, ko‘plab davlatlarning uzoq muddatli harbiy xarajatlar maqsadlarini hisobga olgan holda, bu o‘sish 2026-yil oxirigacha va undan keyin ham davom etishi mumkin”.