Tadbirda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakçi tahlil markazlari, davlat idoralari vakillari hamda ekspertlar hamjamiyati vakillari iştirok etib, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari va modernizatsiya jarayonlarini birgalikda amalga oşirişning amaliy yondaşuvlarini muhokama qildilar.

Forum iştirokçilariga Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov videomurojaat yölladi. U öz nutqida Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi doirasida erişilgan asosiy natijalar va özaro hamkorlikning dolzarb yönalişlarini qayd etib, şeriklikni yanada rivojlantiriş istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi.

U forumning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaşdagi ahamiyati tobora ortib borayotganini taʼkidladi. Uning qayd etişiça, mazkur forumning “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitlari yakunlari böyiça ikki marta alohida qayd etilgani davlatlar rahbarlari ekspertlar muloqotini şunçaki rasmiyatçilik emas, balki özaro hamkorlikning samarali vositasi sifatida körayotganidan dalolat beradi.

Şeriklikning mustahkam siyosiy poydevori Astana deklaratsiyasi hamda Abadiy yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnoma orqali yaratilganini taʼkidladi. Uşbu hujjatlar kelgusi ön yilliklar uçun hamkorlikning asosiy yönalişlarini belgilab berdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalariga töxtalar ekan, u 2025-yil yakunlariga köra, Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi ilk bor 106 milliard dollardan oşgani va yil davomida 12 foizga köpayganini qayd etdi. Şu bilan birga, Xitoy mintaqadagi barça beş davlatning yetakçi savdo hamkori maqomini saqlab qolmoqda.

Özbekiston va Xitoy örtasidagi hamkorlik ham izçil rivojlanmoqda. Sönggi beş yil içida ikki tomonlama tovar ayirboşlaş hajmi uç barobar oşib, qariyb 18 milliard dollarga yetdi. Xitoy investitsiyalari hajmi esa beş barobar köpayib, 17 milliard dollarni taşkil etdi.

Şu bilan birga, u erişilgan natijalar oldinga qöyilgan barça maqsadlarga hali töliq erişilganini anglatmasligini taʼkidladi. Uning fikriça, özaro savdo tarkibi hamon hamkorlarning manfaatlari va imkoniyatlarini töliq aks ettirmayapti.

Şu nuqtayi nazardan, transport tarmoqlarini rivojlantiriş, jumladan, “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yölini quriş alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikriça, yangi yönalişlar nafaqat tranzit taşuvlarini taʼminlaşi, balki tölaqonli iqtisodiy koridorlarga aylanişi ham muhimdir.

Bundan taşqari, sanoat va raqamli hamkorlikni çuqurlaştiriş zarurligi taʼkidlandi. Bunda, eng avvalo, standartlarni, qöşma loyihalarni amalga oşiriş yondaşuvlarini hamda xavfsizlik protokollarini muvofiqlaştiriş masalalari nazarda tutiladi. Bu esa mintaqa mamlakatlari va Xitoy iqtisodiyotlari örtasida barqaror aloqalarni şakllantiriş uçun muhim şart hisoblanadi.

Taʼkidlanişiça, şeriklikning hozirgi bosqiçidagi asosiy vazifa hamkorlik kölamini kengaytirişdan uning sifatini oşirişga, tovarlar savdosidan işlab çiqariş kooperatsiyasiga, loyihalar almaşinuvidan esa boşqaruv tajribasi almaşinuviga ötişdan iborat bölişi kerak.

Şu bilan birga, modernizatsiya jarayoni hamkorlar bir-biridan örgangan holda, özga modellardan şunçaki nusxa köçirmagan taqdirdagina samarali bölişini alohida qayd etdi. Uşbu jarayonda tahlil markazlarining masʼuliyati ortib boradi. Ular turli yondaşuvlarni qiyosiy tahlil qiliş, yuzaga kelişi mumkin bölgan xatarlarni oldindan aniqlaş hamda muammolar paydo bölişidan avval tegişli yeçimlarni taklif etişga daʼvat etilgan.

Şu nuqtayi nazardan, u Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev uzoq muddatli rejalaştiriş vazifalarini hal etişda ekspertlar hamjamiyatining muhim rolini bir neça bor taʼkidlaganini eslatib ötdi.

Nutqining yakunida ekspert mazmunli va oçiq muloqot yangi ğoyalarni işlab çiqiş imkonini berişiga, ular kelgusida muayyan siyosiy qarorlarda öz aksini topib, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi hamkorlikka qöşimça surʼat bağişlaşiga işonç bildirdi.