To‘g‘ri, hamma ham stress tufayli ovqatlanishga moyil emas, ba’zi odamlar stress davrida deyarli hech nima yemay qo‘yadi. Ammo ko‘pchilik uzoq vaqt stressda qolsa, keyin haqiqatan ham haddan tashqari ko‘p yeya boshlaydi. Shunisi qiziqki, bunday payt odamlarni sabzavotlar emas, ko‘proq shirinliklar va yog‘li taomlar o‘ziga tortadi deb yozadi nkj.ru.
Bir tomondan, organizm, aniqrog‘i, miya shafqatsiz dunyoga qarshi kurashda sarflaydigan ortiqcha kaloriyalarni shu yo‘l bilan olishga harakat qiladi, deb taxmin qilish mumkin. Boshqa tomondan, asosiy masala faqat kaloriyalarda emas, siz shunchaki biror mazali narsani xohlaysiz, xalos. Bu yerda tegishli xatti-harakatlarni boshqaradigan asab markazlari mavjud. Odatda, bunday hollarda lazzatni oldindan his qilishga majbur qiladigan tizim paydo bo‘ladi. Ammo har qanday tizimda tormoz bo‘lishi kerak. Agar organizmni mustahkamlaydigan tizimda tormozlar bo‘lmaganida, miyasida tormoz mavjud bo‘lgan har qanday organizmning hayoti juda tez tugardi.
Mustahkamlash tizimining tormozi yoki tormozlaridan biri bo‘lib epitalamus tarkibiga kiradigan va “jilov” (tizgin) deb ataladigan tuzilma ishlaydi. Epitalamus – bu, miyaning orqa-yuqori qismida joylashgan kichik, lekin juda muhim asab tuzilmasi. U miya faoliyatini tartibga solishda va garmonal tizimni boshqarishda ishtirok etadi.
Har qanday miyadagi ana shu “jilov” (tizgin) qismida turli vazifani bajaradigan kichik bo‘limlar, zona kabilar ham mavjud. Miyadagi “jilov” tizimi og‘riq hissini boshqaradi. U ayni paytda odamning ko‘payishi, ovqatlanishi, stressga javob qaytarishi kabilarga bog‘liq hisoblanadi. Unda biror bir narsadan jirkanish hissi haroh bo‘lib yuradigan markazlar mavjud. Aytaylik, miyaning tegishli bo‘linmasidagi “tizgin” bizning nimaga nisbatan jirkanishimizni eslab qolishga yordam beradi. Shu sabab biz keyinchalik ana shu jirkanishni his qilmaslik uchun uni eslatadigan hech narsa qilmaslikka harakat qilamiz. Misol uchun, biz qachonlardir chekish zanjiridagi “jirkanish markazlari” nikotinga javob berishi haqida yozgan edik. To‘g‘ri, muntazam chekish oxir-oqibat chekish zanjiridan keladigan signallarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Ha, miyaning boshqa markazlari tomonidan ovqatdan hosil qilinadigan lazzat hissini o‘z vaqtida o‘chiradigan qismlari ham mavjud. Xususan, “jilov – tizgin” ma’lum bir paytda ovqatdan lazzatlanish hissini bostirib, bizni ortiqcha ovqat yeyishdan himoya qiladi. (Albatta, bu jilov bitta emas: miyadagi “ovqatlanish markazlari” tushlik tugaganini xabar qilishdan va bizni to‘qlik hissi bilan qoldirishdan oldin ko‘plab turli signallarni jamlaydi.) Tizgin uchun parhez rol o‘ynamaydi: Garvan Tibbiy tadqiqotlar instituti xodimlari Neuron'da yozishicha, agar sichqonlar yog‘li ozuqa bilan boqilsa, bu tizgin baribir ovqatdan zavqlanishni susaytiradi. Ammo sichqonlar surunkali stressda yashasa, tizgin – uning bu bilan shug‘ullanadigan qismi ovqatdan zavqlanishni bostirishni to‘xtatadi, ya’ni sichqonlar odatdagidan ko‘proq yeya boshlaydi va vazn to‘playdi.
Turli taomlar har xil lazzat beradi va sichqonlar uchun (va nafaqat sichqonlar uchun) shirinlik oddiy ozuqadan ko‘ra jozibaliroq. Tajribada sichqonlarga oddiy va shirin suv solingan ikkita idishini berishdi. Stressda yashagan va yog‘li ovqat iste’mol qilgan sichqonlar boshqa sharoitda boqilganlariga qaraganda shirin suvli suv idishiga uch baravar ko‘proq qatnagan. Ya’ni stress nafaqat ovqatdan lazzatlanishni uzaytiradi, balki ko‘proq lazzatlanish mumkin bo‘lgan boshqacha ovqatni izlashga majbur qilgan.
Psixologik nuqtayi nazardan, stressga berilishning o‘z ma’nosi bor: agar psixologik bosimdan qutulishning iloji bo‘lmasa, o‘zingizni hech bo‘lmaganda biror narsa bilan xursand qilishingiz kerak. Neyron apparati ovqatdan ortiqcha quvonch olishga yordam beradi, ammo stress juda uzoq davom etsa va doim shirinlik yegingiz kelsa, ortiqcha vazn orttirish xavfi mavjud. Umuman olganda, yog‘li taomlarni ko‘p iste’mol qilmaslikning yana bir sababi: agar sizda uzoq vaqt stress bo‘lsa, shirinliklarni kamroq xohlaysiz. Biroq, agar “biz” va “siz” haqimizda gapiradigan bo‘lsak, tajriba sichqonlar bilan o‘tkazilganini va epitalamusning odamlardagi ortiqcha ovqatlanish va stress bilan bog‘liqligini hali tekshirish kerakligini eslatib o‘tish kerak.