Brent markali neftning noyabr oyidagi fyucherslari narxi avvalgi savdo sessiyasi yopilishiga nisbatan 3,02 foizga oshib, bir barreli 100,88 dollarni tashkil etdi. Bir necha daqiqa oldin esa ko‘rsatkich 24-iyuldan beri birinchi marta 101 dollardan yuqori ko‘tarildi.
Ayni paytda WTI markali neftning oktabr oyidagi fyucherslari 3,09 foizga qimmatlab, bir barreli 95,9 dollarga yetdi, deb xabar berdi Kazinform.
Avvalroq Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashgani haqida xabar berilgan edi.