Nufuzli musobaqada 36 ta davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar etakchi shaxmatchi ishtirok etdi. Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqada 3 ta tarkib bilan qatnashdi.

Hal qiluvchi 7-turda Oʻzbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida magʻlub etdi.

Musobaqa yakuniga koʻra, Polsha 1-oʻrinni, Kuba 2-oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston paraterma jamoasi esa 11 ochko bilan 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bu Oʻzbekiston parashaxmati tarixida Olimpiadada qoʻlga kiritilgan ilk bronza medalidir.

Samarqand mezbonlik qilgan 3-parashaxmat olimpiadasi jamoalar soni va ishtirokchilar qamrovi boʻyicha ham rekord natijani qayd etdi.