Bu haqda Al Jazeera Eron hukumat idoralaridagi manbaga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Tehron “uranni Erondan tashqariga o‘tkazishdan bosh tortgan va MAGATE nazorati ostida o‘z hududida boyitish darajasini kamaytirishga tayyorligini bildirgan”.

Avvalroq AQSH uranni boyitishni 20 yilga to‘xtatishni talab qilgani haqida xabar berilgan edi, ammo Tehron bu shartni rad etdi, deb xabar berdi report.az.

Xuddi shu manbaga ko‘ra, “Vashington Eronning yuqori darajada boyitilgan uranini Rossiyaga o‘tkazish g‘oyasidan voz kechdi va uchinchi davlatni potensial oluvchi sifatida taklif qildi”.